YANGILIKLAR

Bilimlar bellashuvi boshlandi

Joriy yilning 1-4-aprel kunlari respublikamizning barcha tuman(shahar)larida bilimlar bellashuvining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o’tkaziladi. Bu yilgi bilimlar bellashuvining dastlabki maktab bosqichi yanvar oyida bo‘lib o‘tib, unda 2 million nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Ulardan 400 mingga yaqini […]

Joriy yilning 1-4-aprel kunlari respublikamizning barcha tuman(shahar)larida bilimlar bellashuvining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o’tkaziladi. Bu yilgi bilimlar bellashuvining dastlabki maktab bosqichi yanvar oyida bo‘lib o‘tib, unda 2 million nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Ulardan 400 mingga yaqini tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mazkur bosqichda o‘quvchilar viloyat bosqichiga qatnashish huquqini beruvchi 1-o‘rin uchun kurashadilar.
Bellashuvda o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalari yozma, og‘zaki va test sinovlari asosida aniqlanadi. Ayniqsa, chet tillaridan o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari – o‘qib tushunish, tinglab tushunish va chet tilida muloqot qilish orqali sinovdan o‘tkaziladi.
Ushbu bellashuvning ahamiyatli tomoni, u o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini boshlang‘ich sinflardan boshlab aniqlash va rivojlantirish; maktablarda sog‘lom raqobatni tashkil etish orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; umumta’lim maktablari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari faoliyatiga ta’lim sifati ko‘rsatkichlari asosida xolisona baho berish, ularning reytingini aniqlash imkonini beradi.

Read more...

Boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligi yo‘lida

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishning dolzarb vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-maktabda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan tanishdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar ta’lim sohasini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, bilim berish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi. Natijada maxsus reja asosida 1-sinflar uchun “Savodga o‘rgatish darslari”, “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Russkiy yazыk”, “Kniga dlya chteniya” metodik qo‘llanmalari va darsliklarning multimediali ilovalari nashr etilib, maktablarga yetkazildi. Read more...

Bilimdonlar bellashmoqda

Joriy yilning 16-iyun kuni poytaxtimizda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichiga start berildi. Tanlovning mazkur bosqichi oldidan tashkil etilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri, boshqarma boshliqlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 17 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o‘tkaziladi. Bu yilgi bilimlar […]

Joriy yilning 16-iyun kuni poytaxtimizda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichiga start berildi.

Tanlovning mazkur bosqichi oldidan tashkil etilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri, boshqarma boshliqlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 17 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o‘tkaziladi. Bu yilgi bilimlar bellashuvining dastlabki bosqichlarida 2 mln. 100 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi. Ular orasidan yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 500 nafar o‘quvchi bellashuvning respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

16-17-iyun kunlari o‘quvchilar aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar (matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari fanlari) yo‘nalishida 29-30 iyunь kunlari esa filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, ingliz, fransuz, nemis tili, o‘zbek tili va rus tili) yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.

Read more...

« Таълимда саводхонлик – бош мезон»

Ҳар бир жамиятнинг келажаги унинг ажралмас қисми ва ҳаётий зарурати бўлган таълим тизимининг қай даражада ривожланганлиги билан белгиланади. Мамлакатимизда Давлат тили ҳисобланган ўзбек тилининг вазифаси улкандир. Тил – миллат вакилларини бирлаштирувчи куч бўлиб, бу бизнинг она тилимизга бўлган муносабатимизга боғлиқ.

Шахснинг тарбияланганлик даражаси ҳам, ривожланганлик даражаси ҳам тилни билиш билан белгиланади. Айни пайтда она тили таълимининг асосий мақсади ўқувчи шахсини фикрлашга, ўзгалар фикрини англашга ва шу фикр маҳсулини оғзаки ва ёзма тарзда саводли баён қила олишга, яъни коммуникатив саводхонликни ривожлантиришга ўргатишдан иборатдир. Зеро, ўқувчиларнинг оғзаки ва ёзма нутқини ривожлантириш масалалари бугунги куннинг долзарб масалаларидан бири бўлиб, мазкур масала ўқувчиларнинг умумий дунёқарашини бойитиш, кенгайтиришга ҳам хизмат қилади.

Бу йил тилимизга давлат тили мақоми берилганига 26 йил (1989) тўлади. Шу муносабат билан таълим муассасаларида тилшунос олимлар, шоирлар, ёзувчилар, ижодкорлар билан учрашувлар, давра суҳбатлари, семинарлар, илмий-амалий анжуманлар ташкил этиш ва уларни юқори савияда ўтказиш анъанага айланган.

Read more...

Болалар спорти истиқболлари

Пойтахтимиздаги Ўзбекистон Миллий матбуот марказида Халқ таълими вазирлиги ҳамда Болалар спортини ривожлантириш жамғармаси томонидан “Болалар спортини ривожлантиришнинг истиқболлари” мавзуида матбуот анжумани ўтказилди.

Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг ташаббуси билан 2002 йилда Ўзбекистон Болалар спортини ривожлантириш жамғармаси ташкил этилиб, юртимизда болалар спортини оммалаштириш, иқтидорли ўқувчиларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, замонавий спорт иншоотларини қуриш ва уларни жиҳозлаш борасида кенг кўламли ишлар олиб борилаётгани таъкидланди.

Спорт мажмуаларининг деярли барчаси юртимизда ишлаб чиқарилган спорт анжомлари ва ускуналари билан жиҳозланмоқда. Жорий йилда 2004-2015 йилларда фойдаланишга топширилган спорт иншоотлари ва умумтаълим мактабларининг спорт залларини қайта жиҳозлаш бўйича манзилли дастурга киритилган 212 та спорт иншоотлари ва 6892 та умумтаълим мактабларининг спорт заллари 28,3 млрд сўмлик 93 номдаги спорт анжомлари билан жиҳозланади.

Барча спорт мажмуалари замонавий спорт инвентарлари ва малакали мураббийлар билан таъминланаётгани туфайли республикамизда болаларни спортга жалб қилиш қамрови кенгайиб бормоқда. Бугун мамлакатимизда 2,6 миллиондан ортиқ бола спортнинг 30 дан зиёд тури билан мунтазам шуғулланмоқда.

 

Read more...

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194