YANGILIKLAR

“Ta'lim- tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar va ularni tashkil etish yo‘llari “ mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

2016 yil 26 aprel kuni  Yunusobod tumani xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi  313-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari ishtirokida “Ta'lim- tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar va ularni tashkil  etish yo‘llari ” mavzusida seminar yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi .Unda  tumandagi  38 ta maktabdan  68 nafar  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari , 18 nafar ota-onalar va 4 nafar mahalla faollari  ishtirok etdilar. Seminarda maktab, oila va mahalla hamkorligi masalalari, bola tarbiyasida ota-onalarning pedagogik rolini rivojlantirish va bu borada olib borilayotgan izlaniishlarning yangi qirralarini ochishda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha suhbatlashildi.  Seminarda 4 nafar boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan ota- onalar bilan hamkorlikda  innovasion pedagogik texnologiyalar va turli metodlardan foydalanib darslar  namoyish etildi.  Shuningdek maktab psixologi va boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi tomonidan mavzuni to‘laqonli yoritilgan holda trening mashg‘uloti o‘tkazib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari  va tajribalari o‘rganildi. 

Read more...

“Boshlang‘ich ta'limni takomillashtirishda metodik va multimediya vositalaridan foydalanish samarasi” mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

2016 yil 4 aprel kuni  Yunusobod tumani xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida  boshlang‘ich ta'lim o‘quvchilari ishtirokida “Boshlang‘ich ta'limni takomillashtirishda metodik va multimediya vositalaridan foydalanish samarasi” mavzusida seminar yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi .Unda  tumandagi  38 ta maktabdan  56 nafar  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Seminarda boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining kasbiy salohiyati  va ma'lumot darajasi , bolalar psixologiyasini  va hozirgi zamon boshlang‘ich ta'lim metodikasini bilishi, ilg‘or pedagogik va  axborot-kommunikasiya texnologiyalardan unumli foydalanishi muhim ahamiyatga ega ekani va shuning uchun ham ushbu amaliy –seminar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga  yangi yaratilgan qo‘llanmalar bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatish maqsadida o‘tkazildi.

Read more...

Yunusobod tumani Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi

Toshkent shahar hokimining 2016 yil 7 apreldagi “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi muasasalariga o‘qishga kirishini to‘liq qamrab olishni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 50-f-sonli farmoyishi  hamda TShXTBBning 2016 yil 11 apreldagi 119-sonli buyrug‘i asosida, YuTXTMFMTTEBning 2016 yil 15 apreldagi 104-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.Buyruq umumta'lim maktablariga  etkazildi.Buyruq asosida vazifalar belgilandi.2016 yil 18  apreldan 30 aprelga qadar umumta'lim  maktablarida Jamoatchilik vakillari hamda akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari  raxbarlari ishtirokida 9-sinf o‘quvchilari  ularning ota-onalari va sinf raxbarlari  bilan xamkorlikda uchrashuvlar ,yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.

Read more...

Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yo‘lida

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Barkamol avlod” ryespublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazida “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatining 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi dolzarb vazifalari” mavzusida ryespublika syeminari tashkil etildi.

Mazkur syeminarda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari D.Kyenjayev, O‘zbyekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqalar ishtirok etdi.

Hozirgi kunda ryespublikamizda 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatib, ularda tashkil etilgan 5 mingdan ortiq to‘garaklarda 114 mingdan ortiq o‘quvchilar maktabdan tashqari ta'lim olishmoqda.

Tadbirda maktabdan tashqari ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida tashkil etilgan to‘garaklarga o‘quvchilarning qamrovini oshirish, turli xil ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish orqali iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot byerildi. Bundan tashqari, syeminar ishtirokchilariga 2016 yilda “Barkamol avlod” bolalar markazlari oldida turgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar byerildi.

Read more...

“O‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari

Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 24 apreldagi “O‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish” bo‘yicha respublika o‘quv-seminarini tashkil etish to‘g‘risidagi 146-sonli buyrug‘iga asosan 2013 yilning 6-7-may kunlari Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.X.Daniyarov, Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.M.Asadov, Respublika Ta’lim markazi direktori I.Zokirov, Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi xodimlari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, A.Avloniy nomidagi  XTXMOMI, Toshkent shahri va hududiy xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish institutlarining ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba-tadqiqot jarayoniga mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat xalq ta’limi boshqarmalari Metodika markazi rahbarlari,  hududlardagi Respublika miqyosidagi tajriba-tadqiqot maydonlarining tadqiqotchi-o‘qituvchilari, tajriba-tadqiqot maydonchasi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining metodistlari va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Read more...

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194