YANGILIKLAR

“Она тилим- она халқим ғурури”

     2016  йилнинг 20 октябрь куни 12-сонли мактабда   Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганлигининг 27 йиллигига атаб  “Она тилим- она халқим ғурури” мавзусида тадбир ўтказилиб, унда тумандаги 90 нафар бошланғич синф ўқувчилари ва ўқитувчилари  иштирок этдилар.  Бошланғич синф  ўқувчилари томонидан тайёрланган бадиий чиқишлар куй ва қўшиқлар, шеърлар ва саҳна кўринишлари билан фаол иштирок этдилар. Мактаб залини тил байрамига оид ишланган деворий газеталар безади. Ўқувчиларнинг ёзма нутқлари қай даражада ривожланганлигини аниқлаш мақсадида алохида синфларда “Обод юртим” мавзусида диктант ўтказилди. Ишчи гуруҳ томонидан 5, 12, 21, 98, 80, 117- мактабларнинг  ўқувчилари “ энг иқтидорлилари”  деб баҳоландилар .

Sog’lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar

Yunusobod tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi.

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 132-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda iuman tasarrufidagi quyidagi maktablarda sog’lom ovqatlanish shart-sharoitini yaxshilash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxonalar o’rtasida maktab oshxonalariga xizmat ko’rsatish bo’yicha tender tanlovlari 2016 yil 14 iyul soat 10:00 da Yunusobod tuman 13-mavze, Yunusobod tuman XTMFMTTEBda o’tkazilishini ma’lum qiladi.

Tanlov komissiyasiga muhrlangan konvertda (agar muhr mavjud bo’lsa) quyidagi hujjatlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

Read more...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad – eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.

Read more...

Ingliz tili bilimdonlari bellashdi

Poytaxtimizda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Ingliz tili bilimdonlari” intellektual musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.
 
Intellektual musobaqaning 1- va 2-bosqichlarida (tuman (shahar), viloyat) yuqori natijalarga erishgan 5-9-sinf o‘quvchilaridan iborat 5 o‘quvchidan tarkib topgan jamoa Respublikada bosqichi ishtirok etishdi.

Read more...

Huquq bilimdonlari

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Huquq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Adliya vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tanlovda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar qatnashdi.O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning kamoloti va istiqboli yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Read more...

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194