YANGILIKLARToshkent shahar Yunusobod tumanidagi 272-sonli UO`T maktab boshlang`ich ta`lim 2016-2017-o`quv yilidagi boshlang`ich ta`lim fan oyligida bajarilgan ishlar hisoboti

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 272-sonli UO`T maktab boshlang`ich ta`lim 2016-2017-o`quv yilidagi boshlang`ich ta`lim fan oyligida bajarilgan ishlar hisoboti

 

        2016-2017-o`quv yilida barcha boshlang`ich sinf o`qituvchilarining yillik va kundalik ishrejalari tasdiqlab olindi. Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida 16 nafar pedagog faoliyat yuritib kelmoqda.  Barcha pedagoglar oily ma`lumotli ulardan 1 toifali o`qituvchi 1 nafar, 8 nafar 2 toifali 7 nafar mutaxassislarni tashkil etadi. 2016-2017-o`quv yilida boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan Mo`minova Dilorom, Primqulova Nilufar,Shokirova M

avjudalar TShPQTMOI da o`z malakalarini oshirib keldilar.

Fan xonalari yangi o`quv yiliga tayyorlandi, o`quvchilarning barchalari darsliklar bilan ta’minlanildi. To`garak rahbarlarining faoliyati rejalashtirildi.”Dars  muqaddas”  asosida darslarni tashkil etish nazorat qilindi va tekshirildi.

“O`rgan-o`rgat” asosida ustoz – shogird maktabining ustoz o`qituvchilarining taqdimoti  namoyish etildi.Ustozlarga yosh malakali o`qituvchilar biriktirildi.

 

   4-sinflarda fanlar bo`yicha eng bilimdon o`quvchilar banki yaratildi  va ular bilan olib borilayotgan ishlar o`rganildi. Iqtidorli o`quvchilar ro`yhati tuzildi.2-sinf o`quvchilarining kundalik daftarlari va nazorat ishlarining kamchiliklari va yutuqlari tahlil qilindi       .

Har bir pedagog o`z ish rejasiga har oyda bittadan fanlar aro ochiq darslar va ochiq tarbiyaviy soatlarni rejaashtirgan. Xalq ta`limi vazirining “O`rgan-o`rgat tavsiyasiga binoan metodbirlashmada 2 nafar yosh mutaxassislarga ustoz o`qituvchilar biriktirilgan.Abdullayeva Sanobarga Axmedova Dilfuza, Vahobova Munavvarga Shokirova Mavjuda biriktirilgan. Ular yil davomida Ustoz shogirdlariga hujjatlar(jurnal,to`garak, tabel,o`quvchilar hujjatlari,o`quv tarbiyaviy papkalar, yillik rejalarni) ni yuritish va tadbirlar ochiq darslar,nazorat ishlarini o`tkazish tartibini yil davomida  o`rgatib boradilar.

2016-yil dekabr oyida “Boshlang`ich ta`lim fan oyligi o`tkazildi. Fan oyligining chora-tadbirlar va ochiq darslar  rejasi ishlab chiqildi. Maktab fayesi va sinf xonalari jihozlandi.  2-4-sinf o`quvchilaridan kirish testlari olindi. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlar aniqlandi. Bo`shliqlarni bartaraf qilish chora tadbirlari amalga oshirildi. Boshlang`ich ta`lim fan oyligini 3-sinflar ochib berdilar. Fan oyligi davomida soha olimlari,ijodkorlar bilan davra suhbatlari olib borildi.

 3-“A” va 2-“V” 

sinf o`quvchilari Respublika bolalar kutubxonasida ma`naviy dunyoqarashlarini boyitish maqsadida   ular bilan hamkorlikda davra suhbatlari tashkil etildi. Maktabda o`qituvchilar o`rtasida “Eng yaxshi animatsion dars ishlanmasi ko`rik-tanlovi o`tkazildi. 14-dekabr kuni 1-“A” sinfida ochiq eshiklar kuni bo`lib o`tdi. Bu sinfda otaonalar farzandlarining maktabga moslashuvi yuzasidan ma`lumotlarga ega bo`lishdi. 1-“B” sinfida Qayumova Muhabbat 20-dekabr kuni  matematika fanidan “O`tilganlarni mustahkamlash” mavzusida ochiq dars o`tkazildi. Salimova Ma`mura1-“G” siinfida “Nutq o`stirish yo`llari” mavzusida ma`ruza qildilar. 2-“A” sinfida matematika fanidan “O`tilganlarni mustahkamlash , 2-“B” sinfida atrofimizdagi olam fanidan “Yer yuzasining tuzilishi”, 2-“G” sinfida “Harfli ifodalar” ,

 3-“A” sinfida o`qish fanidan “Qish zavqi” , 3-“B” sinfida Massa o`lchov birliklari, Shamsiyeva Yulduz O`ish fanidan “Qish ertagi” mavzusida, 4-“A” sinfida “ Qish to`zg`itar momiq par” ,4-“B” matematika fanidan “O`tilganlarni takrorlash”, 4-“V” ona tili fanidan “Qaratqich kelishigi” 4-“G” sinfida tasviriy san`at fanidan “Kvadrat  ichida naqsh” ochiq darslar  o`tild. 2-“V” sinfidaOila tarbiyaning oltin beshigi ruknida  “Farzandlarim jambil  rayhonlarim” badiiy ma`naviy tadbiri o`tkazildi. “Farzandnoma kitobining muallifi bilan Obiddin Maxmudov bilan uchrashildi. O`qituvchilarning  ochiq darslari metod birlashma a`zolari orasida muhokama qilindi.Yutuqlar rag`batlantirildi, kamchiliklar bartaraf etildi.Ustozlar tomonidan tavsiyalar berildi. Eng namunali sinf xonalari nominatsiyasi o`tkazildi. Bunda Shamsiyeva Yulduz, Qayumova Muhabbatlarning sinf xonalari g`oliblikni qo`lga kiritildi.

Yakuniy chiqish testlari o`tkazildi va tahlil qilindi.

26-dekabr kuni  maktabda ochiq eshiklar kuni,  ya`ni boshlang`ich ta’lim fan oyliguning yakuniy festevali bo`lib o`tdi. 

1-

27-dekabr kuni Toshkent telekanalining “Poytaxt” infarmatsion dasturida, 30-dekabr kuni O`zbekiston telekanalining  “Assalom O`zbekiston” dasturida  1-“V” sinf o`quvchilarining bayram tadbirlari namoyish etildi.”Boshlang`ich  ta’lim” jurnalida bayram tadbiri ochib berildi.”V”sinf  o`quvchilari “Istiqlolo yurt farzandlari” deb nomlangan musiqali badiiy tadbir o`tkazildi. Unda tuman o`qituvchilari , “O`qituvchilarini  malakasini oshirish va qayta  tayyorlash “ istitutidan,”Boshlang`ich  ta’lim” jurnali muharrirlari tashrif buyurdilar.Maktab fan oyligi ham tugatildi.

Maktabda “Yilning eng yaxshi bilimdon o`quvchisi” ko`rik-tanlovi o`tkazildi.Bunda 4-sinf o`quvchilari fanlar bo`yicha bellashdilar.G`oliblar aniqlanildi.

Ona tili-Dilmurodova Karimaxon  4-“A” sinf o`quvchisi

O`qish-Zoirova Mohira                             4-“V” sinf o`quvchisi

Matematika-Parpixo`jayeva Laziza    4-“A” sinf o`quvchisi

Husnuxat-Orifxo`jayeva Ruxshonaxon  4-“B” sinf o`quvchisi

Rus tili-Mirzarasulov Fayzullox  4-“V” sinf o`quvchisi

Ingliz tili                                                4-“A” sinf o`quvchilari 1-o`rinni egallab tuman bosqichiga yo`llanma oldilar.

2-3 o`rinni egallagan o`quvchilar  faxrli yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194