YANGILIKLARALOQA TARIXI MUZEYI

ALOQA TARIXI MUZEYI

                     Toshkentdagi aloqa tarixi muzeyida mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasining shakllanish va rivojlanish yo‘lidan guvohlik beruvchi 7100-dan ziyod eksponatlar bor. Jamoatchilik qimmatli tarixiy buyumlar va texnik jihozlar hamda vositalarni taqdim etib, muzey kolleksiyasi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Muzeyda bir necha asrlar mobaynida xat tashigan pochta aravasining tabiiy kattalikdagi maketi ham bor. . "O‘zbekiston pochtasi" stendida o‘zbek pochta xizmatining Temuriylar davridan tortib, hozirgi davrgacha bo‘lgan shakllanish tarixidan hikoya qiluvchi eksponatlar mavjud. Pochtalonlar turli davrlarda foydalangan formalar va pochta uskunalarining rivojlanish jarayonini ham kuzatish mumkin. 

Muzeydagi eng noyob eksponat O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan birinchi mobil telefon hisoblanadi. Ushbu telefon yordamida 1992 yilning 26 avgustida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz viloyatlari bilan bog‘langan. O‘zbekistonda telefon aloqasining rivojlanishinini aks ettiruvchi stend ham juda qiziqarli. Bu yerda o‘tgan asr boshlaridan beri foydalanib kelingan turli telefonlar modellari bor. Ekspozitsiyada moslama va uskunalardan tashqari, 1991 yildan beri yaratilgan, aloqa va axborotlashtirish sohasiga tegishli qonunchilik aktlari, shuningdek, o‘tgan yillarning qoida va qonunchilik hujjatlari namunalari ham joy olgan.

Кунриқ танлови

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194