TA'LIMUMUMTA'LIM MAKTABLARIO`quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish

O`quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish

Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga,  ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning  yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli  amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bularning barchasi,avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq.
                                                                                                                         I.A.Karimov
 
Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust)da so’zlagan nutqida ta’lim jarayoni darslikdan boshlanishi haqidagi haqiqatga to’xtalib shunday degan edi: ”Yangi darsliklarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur” 
Pedagogik texnologiyalar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da dolzarb tadqiqot obyekti darajasiga ko’tarilgan va jamiyatimizning fan, ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi sifatida e’tirof etilgan.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida talabalarning sog’lom fikr, yangicha tafakkur, ilmiy bilim bilan qurollantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni taqozo etmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish talabalarning muammolarni izlab topish, ularni hal qilish loyihalarini ishlab chiqish, ularni joriy etish bilan bog’liq jarayonlarni mustaqil ravishda bajarishga ko’maklashadi.
Yuqorida bayon qilinganlar biz tanlagan “Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy-pedagogik asoslari” mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Tadqiqotning maqsadibakalavr ta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti bakalavrta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalar orqali talabalarni har tomonlama shakllanish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti - bakalavr ta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy-pedagogik asoslari mazmuni.
Tadqiqotning vazifasi - tadqiqot maqsadiga muvofiq ravishda dissertasiya oldiga qo’yidagi vazifalar qo’yildi:
 
1. Bakalavr ta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llashning mavjud holatini o’rganish.
2. Bakalavr ta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qiluvchi obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash.
3. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.
4. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo’llash sifatlarini shakllantirishning maxsus metodikasini tajriba-sinovdan o’tkazish va samaradorligini aniqlash.
5. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo’llashda ijtimoiy-pedagogik
asoslarini shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim samaradorligini ta’minlashga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish.
 
Tadqiqot metodlari
Tadqiqot muammosiga doir pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar mazmunini o’rganish hamda nazariy va qiyosiy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, bakalavr talabalari o’rtasida suhbat o’tkazish, pedagogik-tajriba sinov metodi, savol-javob, matematik-statistika usuli.
Innovatsion faoliyatni bosqichlarga ajratishda ham turlicha qarashlar mavjud bo’lib, fikrimizga ko’ra bu borada V.A.Slastenintaklif etilgan yechimni eng maqbul ko’rinishga ega, ya’ni:
1.Yangi g’oyaning yoki yangilikni yaratish konsepsiyasi yuzaga kelishi.
2.Yaratilgan yangilikning biror buyum yoki jarayonda aks ettirilishi.
3.Yangilikning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi.
4. Yangilikning ta’lim jarayonida keng joriy etilishi hamda boshqa turdagi sohalarda qo’llash uchun asoslarning yaratilishi.
5.Yangilikning to’la amalga oshirilishi va nisbatan “o’z imkoniyatlarini” yangiligini “sarflab” bo’lishi, odatda ushbu bosqichga kelib, joriy etilayotgan yechimga nisbatan yanada yuqoriroq natija berishi mumkin bo’lgan muqobil yangiliklar yuzaga keladi.
6.Taklif etilgan yangi yechimni tadbiq etilish ko’lamining qisqarib borishi, hamda uning o’rnini yangi, yanada samaraliroq yechimlar egallashi. Innovatsion yechimlarn ta’lim amaliyotiga joriy etilishini aks ettiruvchi mazkur bosqichlar, garchi g’oyaning yuzaga kelishdan boshlab, uning almashtirilishigacha bo’lgan yakunlangan davrni qamrab olsada birmuncha soddalashtirilgan ko’rinishga ega.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach rivojlangan demokratik davlat qurish bo’yicha ildam qadamlar tashlamoqda. Ana shunday porloq maqsadga erishish yo’lini Prezident I.A.Karimov o’z asarlarida asoslab berdi.
Rivojlangan demokratik davlatlarning farqli xususiyatlaridan biri - bu fan, texnika va texnologiyalarni yuksak darajada rivojlanishidir.
Bu esa zamonaviy ta’lim tizimi bilan ta’minlanadi. Shu boisdan ham jamiyatimizning ta’lim muassasalari oldiga yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash buyurtmasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rasman e’tirof etilgan.
 
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach rivojlangan demokratik davlat qurish bo’yicha ildam qadamlar tashlamoqda. Ana shunday porloq maqsadga erishish yo’lini Prezident I.A.Karimov o’z asarlarida asoslab berdi.
Rivojlangan demokratik davlatlarning farqli xususiyatlaridan biri - bu fan, texnika va texnologiyalarni yuksak darajada rivojlanishidir.
Bu esa zamonaviy ta’lim tizimi bilan ta’minlanadi. Shu boisdan ham jamiyatimizning ta’lim muassasalari oldiga yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash buyurtmasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rasman e’tirof etilgan.
 
Pedagogik texnologiyalarni 1972 yilda Isroilda bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyalarda YuNESKO tomonidan rasman tan olishi va quvvatlanishi tufayli ular tez orada barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketdi. Natijada, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Filippin, Turkiya kabi davlatlar o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ushbu mamlakatlardagi jahon olimpmadalariga qatnashgan o’quvchilar doimiy ravishda nufuzli o’rinlarni egallaganlar.
Ma’lumki, “Texnologiya” tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga kirib kelgan. U grekcha so’z bo’lib, “tehne” –san’at, mahorat, “logos” fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topgan. “Siyosiy lug’at”da texnologiyaga shunday izoh berilgan: ishlab chiqarish jarayoniga ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o’zgarishi metodlari yig’indisi; 2)ashyolar, materiallar va yarim xom-ashyoga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir o’tkazish usullari to’g’risidagi fan.
 
I.Shumpater va N.Kondratevlar «Innovatsiya» tushunchasining ilk va ulkan nazariyachilari hisoblansalar, K.Angelovskiy, V.A.Slastenin va V.I.Slobadchikovlar o’z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar hamda bu borada muayyan natijalarga erishgan olimlar, deb tan olinadilar. Jumladan, V.I.Slobadchikov shunday yozadi:”Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot sohasidagi faoliyatga o`xshatib bo`lmaydi, chunki bunday o`xshatish innovatsion faoliyat atamasi ma`nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki, har qanday ilmiy-texnikaviy faoliyat o`z tabiatiga ko`ra innovatsion hisoblanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyatni ma`lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko`rib chiqish zarur. Bu amaliyotni konkret sub`ekt nuqtai nazaridan va amaldagi an`anaga nisbatan jiddiy o`zgarishlarga olib keladigan har qanday faoliyatni innovatsion deb hisoblash mumkin”.
Innovatsiya-lotincha inovatio (yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, deb ta’riflanadi. Bu tushuncha avstraliyalik iqtisodchi Yozef Shumpeterning “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida kengaytirildi. “Innovatsiya” tushunchasi fanga XIX asrda kirib keldi.
Yozef Shumpeter innovatsiyani shunday aniqlaydi.
-yangi material va komponentlarga asoslangan barcha yangi komponentlarni kommersiyalash;
-yangi jarayonlarni kiritishga, yangi bozorlarni ochishga;
-yangi tashkiliy shakllarni kiritishga.
Yozef Shumpeter ta’rifiga ko’ra, innovatsiya-bu bir vaqtni o’zida ikki dunyoni, ya’ni texnika dunyosini va biznes dunyosini namoyon bo’lishidir. Agar texnologiya darajasida o’zgarish sodir bo’lganda, u uni kashfiyot deb ataydi. Uning ta’kidlashicha, agar o’zgarishga biznes jalb qilsa, u holda kashfiyot innovatsiyaga aylanadi. Innovatsiya-bu biror bir yangilikni yaratish uchun imkoniyatlarni anglangan, maqadga qaratilgan holda izlashning natijasidir.
Innovatsiyaning maqsadi – sarflangan mablag’yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o’z-o’zidan paydo bo’ladigan yangiliklardan farqli o’laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o’zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli “novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko’lami asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa mudddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.
 
Innovatsiyaning amaliyotda kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o’zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o’rganilgan.
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.
 
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma'noda ta'lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Muammoni taxlil asosida aniqdash.
2.Muljallanayotgan ta'lim tizimini loyixalash.
3.O`zgarishlar va yangiliklarni ryejalashtirish.
4.O`zgarishlarni amalga oshirish.
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad - o’qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o`z ustida ishlash ko`nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pyedagogik texnologiyalar, interfaol myetodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o`tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
O`qituvchi innovatsion faoliyatini tashkil etib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha byelgilash mumkin:
Birinchi bosqich - tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko`chiriladi.
Ikkinchi bosqich - mavjud tizimga ayrim yangi moslama (modifikatsiya)lar, metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich - yangi g`oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to`la ishlab chiqiladi.
To`rtinchi bosqich– o`qituvchi o`qitish va tarbiyalashning o`z kontseptsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi.
UMUMIY XULOSALAR
Pedagogik texnologiyalar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da dolzarb tadqiqot obyekti darajasiga ko’tarilgan va jamiyatimizning fan, ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi sifatida e’tirof etilgan.
Dissertatsiyada o’rganilgan innovatsiya, innovatsion faoliyat kabi tushunchalarning mazmun mohiyatini yoritib berish barobarida  innovatsion ta’lim tadrijiy rivojlanib borayotganligi va bu tshunchalar hyech qachon eskirmasligi, hali hamon olimlar tomonidan ko’p ilmiy izlanishlar olib borilishini talab etadi.
 
Ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarning mavjud holatini o’rganish jarayonida quyidagi muammolarni hal etish yo’li bilan ta’lim tizimiga Yangi pedagogik texnologiyalarni  samarali joriy etish mumkin deb hisobladik:
- ta’lim texnologiyasi g’oyalarining ta’lim jarayoniga to’laqonli tadbiq etilishi uchun mintaqaviy ichki imkoniyatlarni puxta o’rganish;
- xususiy fanlarning o’qitilishi jarayoniga ilg’or texnologityalarni joriy etish chora-larini belgilash, zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- barcha turdagi ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash, ularning ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foy-dalanish malakalarini oshirish;
- nazariyaning yagona nom bilan nomlanishiga erishish (bu pedagoglar o’rtasida muayyan tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda).
- ta’lim sub’yektlarining texnikaviy savodxonli-giga erishish;
- tezkor axborot xizmatini yo’lga qo’yish;
-pedagogik jarayonning demokratlashu va insonparvarlashuviga erishish;
 - o’qituvchining individual-lashuviga alohida ahamiyat berish;
- tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish, tavsiyalarni ishlab chiquvchi markazni tashkil etish.
 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194