Ingliz tili bilimdonlari bellashdi

Ingliz tili bilimdonlari bellashdi

Poytaxtimizda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Ingliz tili bilimdonlari” intellektual musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.
 
Intellektual musobaqaning 1- va 2-bosqichlarida (tuman (shahar), viloyat) yuqori natijalarga erishgan 5-9-sinf o‘quvchilaridan iborat 5 o‘quvchidan tarkib topgan jamoa Respublikada bosqichi ishtirok etishdi.

Mazkur  musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili muhitini yaratish, o‘quvchilarning iste'dodlarini namoyon qilishlari, intellektual salohiyatlarini oshirishlari, ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishlariga ko‘maklashish, uilarni ingliz tilida fikrlashga, muloqotga kirishishga, zukkolikka va topqirlikka o‘rgatish hamda yoshlarning ingliz tilini o'rganishga bo‘lgan intilishlarini munosib taqdirlashdan iboratdir.Tanlov natijalariga ko‘ra Toshkent shahri jamoasi 1-o‘rin, Buxoro va Andijon viloyatlari jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘ringa Xoram viloyati jamoasi loyiq deb topildi. G‘oliblarga vazirlikning diplomlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

Musobaqaning barcha bosqichlari 3 ta shartdan iborat bo‘lib, bunda o‘quvchilarning o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish kompetensiyalari hamda ular tomonidan ingliz tilida tayyorlangan sahna ko‘rinishi baholandi.

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194