Yoshlar hushyorlikka da’vat etildi

Yoshlar hushyorlikka da’vat etildi

R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida «Sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir» deb nomlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi, Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan seminarda Toshkent madaniyat kolleji, Toshkent bank kolleji, Toshkent xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. 
Toshkent madaniyat kolleji direktori I.Azimov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni odam savdosi va yot illatlarning mudhish oqibatlaridan ogoh etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.


O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.– Seminarda yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar ongini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, odam savdosiga qarshi kurashish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlikning oldini olish choralari haqida so‘z yuritildi, – deydi Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M.Tolipov. – Davlat organlari, fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning muvofiqlashgan faoliyati bu borada yaxshi samara bermoqda. Tadbirda «Odam savdosi – davr muammosi», «Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari», «Internet madaniyatini yuksaltirishning dolzarb muammolari», «Yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi!» mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Seminarda adashganlar qismati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194