Ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi

Ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Viloyat hokimligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi, mehnat boshqarmalari va boshqatashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma ham ayni shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Ko‘rgazmada Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya hamda Toshkent davlat stomatologiya institutlarining Buxoro filiallari, shuningdek, viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘z ta’lim yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilgan qulayliklarni ishlanma, videorolik, banner va tarqatma materiallar orqali namoyish qildi. 

Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 142 korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 418 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmaberildi. 

Erkin Yodgorov, O‘zA 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194