“Ta'lim- tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar va ularni tashkil etish yo‘llari “ mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

“Ta'lim- tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar va ularni tashkil etish yo‘llari “ mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

2016 yil 26 aprel kuni  Yunusobod tumani xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi  313-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari ishtirokida “Ta'lim- tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar va ularni tashkil  etish yo‘llari ” mavzusida seminar yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi .Unda  tumandagi  38 ta maktabdan  68 nafar  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari , 18 nafar ota-onalar va 4 nafar mahalla faollari  ishtirok etdilar. Seminarda maktab, oila va mahalla hamkorligi masalalari, bola tarbiyasida ota-onalarning pedagogik rolini rivojlantirish va bu borada olib borilayotgan izlaniishlarning yangi qirralarini ochishda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha suhbatlashildi.  Seminarda 4 nafar boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan ota- onalar bilan hamkorlikda  innovasion pedagogik texnologiyalar va turli metodlardan foydalanib darslar  namoyish etildi.  Shuningdek maktab psixologi va boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi tomonidan mavzuni to‘laqonli yoritilgan holda trening mashg‘uloti o‘tkazib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari  va tajribalari o‘rganildi. 

 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194