“Boshlang‘ich ta'limni takomillashtirishda metodik va multimediya vositalaridan foydalanish samarasi” mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

“Boshlang‘ich ta'limni takomillashtirishda metodik va multimediya vositalaridan foydalanish samarasi” mavzusidagi o‘tkazilgan seminar

2016 yil 4 aprel kuni  Yunusobod tumani xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida  boshlang‘ich ta'lim o‘quvchilari ishtirokida “Boshlang‘ich ta'limni takomillashtirishda metodik va multimediya vositalaridan foydalanish samarasi” mavzusida seminar yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi .Unda  tumandagi  38 ta maktabdan  56 nafar  boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Seminarda boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining kasbiy salohiyati  va ma'lumot darajasi , bolalar psixologiyasini  va hozirgi zamon boshlang‘ich ta'lim metodikasini bilishi, ilg‘or pedagogik va  axborot-kommunikasiya texnologiyalardan unumli foydalanishi muhim ahamiyatga ega ekani va shuning uchun ham ushbu amaliy –seminar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga  yangi yaratilgan qo‘llanmalar bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatish maqsadida o‘tkazildi.

 Tumandagi  265-sonli “ Mahorat maktabining “ trener o‘qituvchisi Usmonova Dildora tomonidan o‘quv yili davomida  amalga oshirilgan ishlar tahlili muhokama etildi. Seminarda 10 nafar boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan darslar ko‘rsatildi.  Shuningdek maktab o‘quvchilari tomonidan  tayyorlangan Navruzga atalgan kuy va qo‘shiqlar , she'riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari  tadbirga yanada bayramona  kayfiyat berdi.

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194