“O‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari

“O‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari

Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 24 apreldagi “O‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish” bo‘yicha respublika o‘quv-seminarini tashkil etish to‘g‘risidagi 146-sonli buyrug‘iga asosan 2013 yilning 6-7-may kunlari Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.X.Daniyarov, Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.M.Asadov, Respublika Ta’lim markazi direktori I.Zokirov, Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi xodimlari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, A.Avloniy nomidagi  XTXMOMI, Toshkent shahri va hududiy xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish institutlarining ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba-tadqiqot jarayoniga mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat xalq ta’limi boshqarmalari Metodika markazi rahbarlari,  hududlardagi Respublika miqyosidagi tajriba-tadqiqot maydonlarining tadqiqotchi-o‘qituvchilari, tajriba-tadqiqot maydonchasi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining metodistlari va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

 

O‘quv-seminar kun tartibiga ko‘ra, tadbir yalpi yig‘ilishdan boshlanib, uni Xalq ta’limi vazirligining bosh boshqarma boshlig‘i Y.M.Asadov ochdi.

Seminar yalpi yig‘ilishida yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish masalalarida so‘z bordi. Yalpi yig‘ilishda:

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.X.Daniyarov “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirishning tashkiliy-metodik muammolari va ularning yechimlari”,  Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.M.Asadov “Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish tendensiyalari va ularning amaliy ahamiyati” mavzusida ma’ruzalar  qilindi.

Yalpi yig‘ilishdan so‘ng o‘quv-seminar dasturiga ko‘ra,  ishtirokchilar 5 ta sho‘baga bo‘linib, ya’ni:

I sho‘ba :   “Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va ularning mazmun-mohiyati” deb nomlanib, uni sho‘ba rahbari: D.Mamatov – Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchi, N.Yuldasheva – Toshkent VPXQTOMOI prorektori, p.f.n.,

II sho‘ba: “Ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirish pedagogik texnologiyalari” deb nomlanib, uni sho‘ba rahbari: – M.Ergashova – A.Avloniy nomidagi XTXMOIMI katta o‘qituvchisi,

III sho‘ba: “Media ta’lim texnologiyalari” deb nomlanib, uni sho‘ba rahbari: T.Qodirov, R.Kenjaev – A.Avloniy nomidagi XTXMOIMI katta o‘qituvchilari, S.Hafizov – RTM bo‘lim boshlig‘i, S.Soy – Q.Niyoziy nomidagi O‘zPFITI ilmiy xodimi,

IV sho‘ba:”Rivojlantiruvchi ta’lim  texnologiyalari” deb nomlanib,  uni sho‘ba rahbari: M.Jumaniyozova, M.Rasulova, A.Avloniy nomidagi XTXMOIMI katta o‘qituvchilari,

V sho‘ba: “Tadqiqotchilik ta’lim yondoshuvlari texnologiyasi” deb nomlanib, sho‘ba rahbari:Sh.Mardonov p.f.d, M.Inoyatova p.f.n. – Q. Niyoziy nomidagi O‘zPFITI ilmiy xodimlari, D.Abdurazzoqova – Toshkent shahar PXQTMOI pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi rahbarligida sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazilib, bahs-munozara, muhokamalar tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘quv-seminar dasturiga ko‘ra, har bir sho‘ba ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

                                                                                                                    Respublika ta’lim markazi bosh metodisti
Qumrixon Sultonova

 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194