Bilimdonlar bellashmoqda

Bilimdonlar bellashmoqda

Joriy yilning 16-iyun kuni poytaxtimizda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichiga start berildi. Tanlovning mazkur bosqichi oldidan tashkil etilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri, boshqarma boshliqlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 17 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o‘tkaziladi. Bu yilgi bilimlar […]

Joriy yilning 16-iyun kuni poytaxtimizda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichiga start berildi.

Tanlovning mazkur bosqichi oldidan tashkil etilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri, boshqarma boshliqlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bilimlar bellashuvi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 17 ta umumta’lim fanlaridan tashkil etilib, tanlov maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika bosqchilarida o‘tkaziladi. Bu yilgi bilimlar bellashuvining dastlabki bosqichlarida 2 mln. 100 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi. Ular orasidan yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 500 nafar o‘quvchi bellashuvning respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

16-17-iyun kunlari o‘quvchilar aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar (matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari fanlari) yo‘nalishida 29-30 iyunь kunlari esa filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, ingliz, fransuz, nemis tili, o‘zbek tili va rus tili) yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.

 

Ushbu bellashuvning ahamiyatli tomoni, u o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini boshlang‘ich sinflardan boshlab aniqlash va rivojlantirish; maktablarda sog‘lom raqobatni tashkil etish orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; umumta’lim maktablari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari faoliyatiga ta’lim sifati ko‘rsatkichlari asosida xolisona baho berish, ularning reytingini aniqlash imkonini beradi.

Bu yilgi bellashuvlarning avvalgilaridan farqi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari alohida-alohida o‘tkaziladi.

Mazkur bosqichga etib kelgan barcha o‘quvchilar “Yozgi Intellektual rivojlantirish oromgohi”da dam olish barobarida, har bir fan bo‘yicha mamlakatimizning yetakchi fan arboblari, madaniyat va san’at xodimlarini ishtirokida fan kechalari, mahorat darslari, viktorinalar, turli tanlov va musobaqalar o‘tkazilib, o‘quvchilarning fan va texnika sohasining yetuk olimlari bilan uchrashuvlari tashkil etiladi.

Manbaa: uzedu.uz

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194