"XALQARO HAMKORLIK, ZAMONAVIY TA’LIM VA ILMIY-TADQIQOT ISHI" MAVZUSIDA ONLAYN-TRENING

"XALQARO HAMKORLIK, ZAMONAVIY TA’LIM VA ILMIY-TADQIQOT ISHI" MAVZUSIDA ONLAYN-TRENING

Bugun, 2016 yil 4 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida O`zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda “Xalqaro hamkorlik, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishi” mavzusida onlayn-trening tashkil etildi.

Onlayn-trening Oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida oliy malakali pedagog kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlashning xorijiy mamlakatlar tajribasi muhokama qilishga bag`ishlandi.

Onlayn treningda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari (prorektorlari, o`qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar va hakozo), shuningdek britaniyalik hamkorlar ishtirok etishdi. Xususan, Bata universiteti professori Ian Kroufford, Kembrij universitetining Markaziy Osiyo forumi raisi Sitxart Montu Saksena, Birmingem Siti Universiteti professori Fatime Rabi-xan va London Metropolitan Universiteti professori Daniela Daer xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’lim sifatini ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarining o`quv dasturlarini modernirnizatsiyalash va takomillashtirish bo`yicha tajriba almashdilar.

Onlayn-trening mobaynida xorijiy hamkorlar shuningdek kelgusida ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun fundamental asos bo`ladigan va zamonaviy o`quv dasturlari asosida oliy ta’lim sifatini ta’minlashning ajralmas qismi bo`lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimining ahamiyatini muhkama qildilar.

Onlayn-trening natijasida xorijiy va milliy ekspertlar o`quv dasturlarini va oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo`yicha kelgusidagi hamkorlik xususida kelishib oldilar.

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 221-86-42

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent shahar,

       Yunusobod tumani,
       
       13-mavze, 5-uy

       Pochta indeksi: 100194